Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#hokim_deputat #murojaat_daftari

Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Otabek Mavlyanov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 2-“Qurama” saylov okrugi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna ishtirokida “Obod turmush” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, mavjud ijtimoiy masalalar, murojaat va takliflari tinglanib, ularning mazmun-mohiyati batafsil o‘rganildi.

Bildirilgan murojaatlarni imkon qadar joyida hal etish, yechimi qo‘shimcha choralarni talab etadigan masalalar bo‘yicha esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, har bir murojaatning ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarning ijrosi hokim-deputat tomonidan belgilangan tartibda nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 5