Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Qurilish ishlari deputat nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-son qarori asosida Pastdarg‘om tumanida bir qator ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Dastur doirasida “Navro‘z” tez tibbiy yordam shoxobchasi binosini rekonstruksiya qilish, mavjud 50 qatnovli binoni 1-tip OP talablariga moslashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nodir Dusmurodov mazkur obyektda bo‘lib, qurilish-montaj ishlari jarayoni, bajarilayotgan ishlar sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur loyiha aholi salomatligini muhofaza qilish, tez tibbiy yordam xizmatlari sifatini yaxshilash hamda fuqarolarga qulay tibbiy xizmat ko‘rsatishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6