Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputat tomonidan Elbek MFYda ijtimoiy soha faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Elbek mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy xodim faoliyati hamda aholining ijtimoiy himoyaga oid holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada jami 1434 ta oila istiqomat qilishi, shundan 59 ta oila kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, hududda 118 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs mavjudligi qayd etildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xodimning aholi bilan ishlash tizimi, kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, manzilli yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3