Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi

 Muloqotda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va aholi farovonligini yanada yuksaltirish masalalariga ham alohida urg‘u berildi. Shuningdek Uchko‘prik tumanida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Jumladan, tumanda faoliyat yuritayotgan “Boboshbek” yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va savdo majmuasi, shu bilan birga tuman hududida joylashgan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyatini o‘rganish, ularning mavjud muammolarini aniqlash va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish bo‘yicha tegishli o‘rganish ishlarini
olib borishga kelishib olindi. Mazkur o‘rganishlar davomida korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, investitsiya loyihalarining ijrosi, mavjud
muammolar, ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratilishi belgilandi.
 

Davra suhbati shaklidagi ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gulchehra Jo‘rayeva, O‘zLiDePning viloyat va tuman kengashlari faollari, xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov, bosh mutaxassis Sohibjon
Nabiyev hamda nuroniy-maslahatchi Abduraxim Norqo‘ziyev ishtirok etdi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1