Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
GULBAHOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI.

GULBAHOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Astanaqulova, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda tuman Kengashi deputati tumanning olis va chegara hududlaridan biri sanalgan “Gulbahor” mahallasida bo‘lishdi.

Tashrif davomida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholini qiynayotgan muammolar hamda mahallani har tomonlama rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv davomida deputatlar mahalla yettiligi bilan muloqot o‘tkazib, hududda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Shuningdek, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni bartaraf etish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan istiqboldagi muhim vazifalar belgilab olindi.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ijrosi talab etiladigan masalalarni deputatlik nazoratiga olish hamda aholining murojaatlari bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 2