Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sport maktabi faoliyati o‘rganildi

Sport maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S.Nazarov va deputatlar tomonidan 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan hududdagi Termiz tuman sport maktabi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida sport maktabidagi sport zallari, sport anjomlari va jihozlarning mavjudligi hamda texnik holati, shuningdek, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Bugungi kunda yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va vatanparvar etib tarbiyalashda sportning o‘rni beqiyos. Shu bois sport inshootlaridan samarali foydalanish, ularni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar:

🔹 sport zallari va sport jihozlarining holatini muntazam nazorat qilish;

🔹 eskirgan va yaroqsiz sport anjomlarini yangilash bo‘yicha takliflar kiritish;

🔹 yoshlarni sport to‘garaklariga keng jalb etish;

🔹 iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;

🔹 sport inshootlaridan samarali foydalanilishini ta’minlash;

🔹 mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish va ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish.

Sog‘lom yoshlar — kuchli jamiyat, sportdagi yutuqlar esa yurtimiz kelajagining yorqin ifodasidir!

Slide 1 of 4