Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
2-sentyabr — 5-sentyabr 2026-yil) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan 2–5-sentyabr kunlari hududlarda belgilangan o‘rganish, nazorat va tashkiliy tadbirlar to‘liq amalga oshirildi.


🔹 2-sentyabr — Kengash kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugida yangi qurilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotining bugungi kundagi holatini o‘rgandi.

Shuningdek, deputat mazkur hududdagi Yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi natijalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹 3-sentyabr — O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY 2-Xanjap saylov okrugi hududida ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi.

🔹 4-sentyabr — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

Shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov tumandagi investitsiyalarning bugungi kundagi holatini o‘rgandi.

🔹 5-sentyabr — O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbaeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFY 15-Keramzit saylov okrugida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holatini o‘rgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Gayliyev Shamirat Kurbanmiradovich hududdagi kutubxonaning holatini o‘rgandi.

Kengash deputatlari tomonidan hududlarda mavjud masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, aholi uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy yo‘nalishlardagi ishlarning holatini baholash hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish ishlari davom ettirilmoqda.