Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Pedagogning huquq va qonuniy manfaatlari — doimiy e’tiborda

O‘rganish jarayonida mazkur Qonunda belgilangan pedagoglarning huquq va qonuniy manfaatlari, mehnat faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kasbiy faoliyatiga asossiz aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda pedagogik faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq kafolatlarga qay darajada amal qilinayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida pedagog xodimlarning o‘z kasbiy vazifalarini samarali amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgani, ularning huquqlarini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, Qonun talablariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Pedagogni qo‘llab-quvvatlash — ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Zero, o‘qituvchining huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilingan, uning kasbiy salohiyatini namoyon etishi uchun munosib sharoit yaratilgan ta’lim muassasasida sifatli ta’lim va tarbiya uchun mustahkam zamin yaratiladi.
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi tomonidan qonunlar ijrosini o‘rganish va fuqarolar, jumladan, pedagoglarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 7