Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
MAKTABDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash raisi J.Turmaxanov Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida 7-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud moddiy-texnik baza hamda maktab hududining obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishi holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, ularning bilim va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

📚 Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!

Slide 1 of 1