Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“AYAQQUDUQ” OFYDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Jaysanbayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Ayaqquduq” OFY xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Mazkur yo‘nalish tavsiyalarning 6-bandida belgilangan.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini aniqlash va mavjud masalalarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👩‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlikka jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

🏠 Bundan tashqari, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda turli muammoli holatlarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, bandlik va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda bandligini ta’minlash — mahalla farovonligini oshirishning muhim omilidir.

Slide 1 of 4