Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR VA EZGU NIYATLAR

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati R. Abuov 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar jam bo‘lib, yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat va yaxshi niyatlar bilan kutib oldilar.

🎓 Tadbir davomida ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarni puxta egallash, yoshlarning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishi hamda o‘z ustida muntazam ishlashi muhimligi ta’kidlandi.

🌱 Ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilar uchun “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri alohida ahamiyat kasb etdi. Ularning qalbida maktab, ustoz va bilimga bo‘lgan mehrni shakllantirish, ta’lim olishga qiziqishini oshirish kelajakdagi yutuqlar uchun muhim poydevor ekani qayd etildi.

📚 Shuningdek, o‘qituvchilarning sharafli va mas’uliyatli faoliyatiga yuksak baho berilib, yangi o‘quv yilida pedagoglarga kuch-g‘ayrat, o‘quvchilarga esa a’lo baholar va ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

✨ Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi orzular va yangi marralar sari boshlanadigan ezgu yo‘l!

Slide 1 of 5