Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
AYAQQUDUQ OFYDA YANGI BOG‘ BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, tuman hokimi O.Umarov Ayaqquduq OFYda bo‘lib, hududda aholi uchun qulay va obod jamoat maskanini yaratish maqsadida bog‘ tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida bog‘ hududidan samarali foydalanish, uni zamonaviy talablarga mos ravishda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududga turli xil manzarali hamda soya-salqin beruvchi daraxt va ko‘chatlar ekish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌱 Yashil hududlarni kengaytirish, aholi uchun munosib dam olish maskanlarini ko‘paytirish — hudud obodligi va fuqarolar farovonligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Deputat tomonidan bog‘ hududini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda maskanni aholi uchun yanada shinam va qulay hududga aylantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berildi.

Shuningdek, tashkil etilayotgan bog‘ kelgusida mahalla aholisi, ayniqsa, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sayr qilishi va tabiat qo‘ynida hordiq chiqarishi uchun munosib maskanga aylanishi ta’kidlandi.

🍃 Obod mahalla — farovon hayot, yashil hudud esa sog‘lom va qulay muhit garovidir.

Ayaqquduq OFYda amalga oshirilayotgan mazkur tashabbus hududning yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishiga, aholining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratilishiga hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2