Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#24_ta_masala 📍 Safaxo‘ja mahallasidagi manzilli dasturlar ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati K.Yavkochdiyev tomonidan Safaxo‘ja mahallasida Kengashning 2026-yil 20-fevraldagi VII-19-24-7-95-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan og‘ir hududlardagi mahallalarda yashash sharoitlarini yaxshilash va tadbirkorlik uchun sharoit yaratishga qaratilgan manzilli dastur doirasidagi ishlarning ijrosi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada dastur asosida amalga oshirilishi belgilangan aholini tomorqasiga suv chiqarish, sug‘orish tarmoqlarini yaxshilash, quyosh panellarini o‘rnatish, ariqlarni betonlash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarning holati ko‘rib chiqildi.

📊 Mazkur dastur doirasida Safaxo‘ja mahallasida 300 ta xonadonni sug‘orish tizimini yaxshilash, mahalla hududidagi Qangli, Ko‘tara va Safaxo‘ja qishloqlaridagi 400 ga yaqin xonadonning turmush sharoitini yaxshilash hamda quyosh panellari o‘rnatish orqali suv nasoslariga sarflanadigan elektr energiyasini tejash ko‘zda tutilgan.

🤝 O‘rganish davomida belgilangan tadbirlarning amaldagi holati, mavjud muammolar va ishlarni samarali tashkil etish masalalari mas’ullar bilan muhokama qilindi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar shakllantirilib, dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini oshirish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 3