Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Tumanda «Ayollar daftari»ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish bo‘yicha individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Raximqulov Jamshid Yuldoshevich tomonidan hududdagi xotin-qizlar faollari bilan suhbatlashilib, «Ayollar daftari»ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Qorasuv mahallasida 100 nafar, Gulzor mahallasida esa 105 nafar xotin-qiz «Ayollar daftari»ga kiritilgani hamda ular bilan belgilangan toifalar asosida individual ishlash yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lumotlar olindi.

Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha individual dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish natijalari sessiya oldi kun tartibiga kiritiladigan masala doirasida tahlil qilinib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantiriladi.

Slide 1 of 3