Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI

 TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan masala muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tumanda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish holatini o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzish hamda o‘rganish jarayonida foydalanish uchun maxsus savolnoma ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
📋 Ishlab chiqilgan savolnoma asosida mahallalar va xonadonlar kesimida tomorqa yerlaridan foydalanish holati o‘rganiladi.
Jumladan:
🔹 tomorqa yer maydonlarining holati va undan foydalanish samaradorligi;
🔹 sabzavot, poliz, kartoshka va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish;
🔹 issiqxona, bog‘dorchilik, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishlarini rivojlantirish;
🔹 suv ta’minoti va sug‘orish bilan bog‘liq muammolar;
🔹 foydalanilmayotgan yoki samarasiz foydalanilayotgan tomorqa yerlari;
🔹 tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanayotgan xonadonlar holati;
🔹 mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilinadi.
📌 O‘rganish natijalari asosida aniqlangan muammolar umumlashtirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda mas’ul tashkilotlarga yo‘naltiriladi.
🌾 Maqsad — har bir qarich yerdan unumli foydalanish, aholi xonadonlarida qo‘shimcha daromad manbalarini ko‘paytirish va tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlash.
Deputatlik nazorati — o‘rganish, tahlil va amaliy yechim sari!