Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI

OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 2026 yilda amalga oshirayotgan ishlari, xususan, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash, ko‘kalamzorlashtirish, sug‘orish tizimlari, tungi yoritish va maxsus texnikalar bilan ta’minlanganlik holati yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
Muhokama yakunlari asosida doimiy komissiya tomonidan 2026 yil 4 sentyabrda DKQ 03-04/129-26-sonli qaror ishlab chiqildi.
📌 Qarorda ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarini belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, bajarilgan ishlar hajmi va sifatini tasdiqlovchi materiallarni shakllantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, ichki yo‘llarni ta’mirlashda aholi murojaatlari, yo‘llarning texnik holati, transport qatnovi jadalligi, ijtimoiy obyektlarga olib boruvchi yo‘llar hamda avariyaviy holat kabi mezonlar asosida ustuvor yo‘nalishlarni belgilash vazifasi yuklatildi.
🔎 Doimiy komissiya a’zolari tomonidan ta’mirtalab ichki yo‘llarni dasturga kiritish bo‘yicha umumlashtirilgan ro‘yxatni shakllantirish va tegishli tashkilotlarga taqdim etish ham belgilab qo‘yildi.
Qaror — aniq vazifa, mas’uliyat va ijro nazorati demakdir.
Doimiy komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati asosida nazorat qilib boriladi.