Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#Kengash_raisifаoliyatidan #Haftalik_ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich tomonidan har bir deputatning saylov okrugiga chiqib, hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 8-Xo‘janqon saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlik darajasini kamaytirish, fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, saylov okrugidagi fuqarolarning murojaatlari, bandlik bilan bog‘liq muammolari va ularni hal etish imkoniyatlari o‘rganilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Mazkur o‘rganishlar orqali hududlarda aholi muammolarini manzilli hal etish, fuqarolarni kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsad qilingan.

Shundan so'ng Kengash raisi tomonidan hududni obodonligini saqlash borasidagi ishlar ham ko'zdan kechirildi.

Slide 1 of 3