35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shahidlar xotirasi yod etildi: deputat ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand iloyat Kengashi deputatining maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasida chop etildi
янв.21
Yoshlar — kelajak bunyodkorlaridir!
янв.21
Dehqonobod mahallasidagi 18-maktabda davlat dasturlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq ishonchi — yuksak mas’uliyat
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi Yettinchi chaqiriq o'ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahalla binosi qayta ta’mirlanmoqda
янв.21
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish — dolzarb vazifa
янв.21
Senator Urgut tumanidagi davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi.
янв.21
Senator tomonidan Go‘zalkent mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda N.Xamidovalar
tomonidan tuman Sanitariya a epidemalogik osoyishtalik markazini yangi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxona tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ayrim ishlar belgilangan muddatlarda bajarilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Xususan, 2025-yil noyabr oyida topshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hanuzgacha yakunlanmagani e’tirof etildi.
Deputatlar tomonidan belgilangan vazifalarning kechiktirilishi nafaqat ijro intizomiga, balki aholi manfaatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
Har qanday loyiha yoki majburiyatning o‘z vaqtida bajarilishi tashkilotning mas’uliyati va ish samaradorligini belgilaydi.
Muloqot davomida mas’ullarga kechikish sabablarini bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda belgilangan vazifalarni qisqa muddatlarda yakunlash bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ijro intizomini kuchaytirish va jamoatchilik oldidagi mas’uliyatni chuqur his etish zarurligi qayd etildi.
Tuman Kengashi deputatlari tomonidan mazkur masala ijrosi doimiy nazoratda saqlanishi va belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan qo‘shimcha monitoring olib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 4