Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💧 Xalq tashabbusi bilan boshlangan loyiha — ishlar davom etmoqda!

2026-yil 1-mavsumda O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Sherobod tumani Zarabo‘g‘ mahallasidagi Shalqon–Zarabo‘g‘ qishloqlari oralig‘ida mavsumiy oqib keluvchi sel suvlaridan foydalanish maqsadida kichik suv havzasi qurish loyihasi g‘olib deb topilgan.

💰 Loyiha qiymati — 1 500,0 mln so‘m.

🏗 Ayni paytda mazkur loyiha doirasida qurilish ishlari davom ettirilmoqda. Hududda belgilangan ishlarni sifatli amalga oshirish, loyiha obyektini belgilangan talablarga muvofiq barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi jarayoni bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabo‘g‘ saylov okrugidan saylangan deputati Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Xo‘janazarov Shuhrat Beknazarovich joyiga chiqqan holda tanishdilar.

📍 O‘rganish davomida qurilish ishlarining bugungi holati, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, mavjud masalalar hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

💧 Mazkur loyiha mavsumiy sel suvlaridan samarali foydalanish, suv resurslarini asrash, suv zaxirasini shakllantirish hamda hudud aholisi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌱

🤝 Xalq ovozi bilan tanlangan tashabbus — amaliy ishlarga aylanmoqda. Aholi tomonidan ilgari surilgan mazkur loyiha hudud infratuzilmasini yaxshilash va mavjud suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Xalq tashabbusi — amaliy natija!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3