Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi

 O‘rganish jarayonida turli sabablar tufayli o‘zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelgan ikki oila bilan alohida suhbatlar tashkil etildi. Unda oila a’zolarining fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud muammoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablari atroflicha o‘rganildi. Suhbatlar davomida oila — jamiyatning eng muhim va muqaddas bo‘g‘ini ekani, oilada tinchlik va totuvlikni asrash har bir oila a’zosining mas’uliyati ekani ta’kidlandi. Shuningdek er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, sabr-toqat, kechirimlilik, murosa va
bir-birini tushunish oilaviy totuvlikning muhim omillari ekanligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Ayniqsa, oiladagi kelishmovchiliklarning farzandlar tarbiyasi va ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, shu bois har qanday muammoni tinch yo‘l, o‘zaro muloqot va murosa orqali hal etish lozimligi haqida tavsiyalar berildi. 

 Samimiy suhbatlar va tushuntirishlar natijasida oilalar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘zaro hurmat va totuvlikni tiklash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ikki oila yarashtirilib, ularning tinch va farovon hayot kechirishiga ko‘maklashildi.  

 Mazkur oilalarning keyingi hayoti ham mahalla faollari va deputatlar e’tiborida bo‘ladi. Kelgusida oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, kelishmovchiliklarning qayta yuzaga kelishining oldini olish hamda oilaviy qadriyatlarni asrash maqsadida ular bilan muntazam ravishda manzilli ishlar olib boriladi. 

👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 3