Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏘 CHAG‘ATOY MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALAR OBODONLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida Sherobod tumanining Chag‘atoy mahallasida ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari boshlandi. 🚧

Mazkur ishlar doirasida mahalla ichki yo‘llarini obodonlashtirish, aholiga qulay va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini yaratish, fuqarolarning kundalik harakatlanishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Chag‘atoy mahallasidan saylangan deputati Q. Raxamov hamda Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov Chag‘atoy mahallasida bo‘lib, ichki ko‘chalarda amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

🚜 Obod yo‘l — qulay hayot, farovon mahalla demakdir!

Yurtimiz hududlarida infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish va mahallalarni yanada obod qilishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5