Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#19_1_modda #doimiy_komissiya

✅Oilalar mustahkamligi, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish hamda korrupsiyaning oldini olish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri.

✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova, 12-Navzandak saylov okrugi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi D. Sanaeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi G. Rajabova tomonidan Navzandak va Shopo‘lot mahallalarida xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi va «Коррупцияга qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlar savolnoma asosida o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida oilaviy nizolarning oldini olish, ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual ishlash, muammoli oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shu bilan birga, mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash jarayonida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Shuningdek, muammoli oilalar bilan ishlashda mahalla faollari, nuroniylar, otinoyilar va imom-xatiblar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni qonuniy va adolatli hal etish bo‘yicha takliflar berildi

✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati asosida davom ettiriladi.
Slide 1 of 3