Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Shu munosabat bilan Sariosiyo tumani hokimligida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bir guruh sariosiyoliklarga yuksak e’tirof ramzi bo‘lgan esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Mas’ud Ashurov hamda Sariosiyo tumani hokimi Odiljon Yaqubov ishtirok etib, taqdirlanganlarni qutlug‘ sana — davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdilar. Ularning Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi munosib xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Taqdirlanganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirib, ushbu e’tirof ularni kelgusida ham el-yurt manfaatlari yo‘lida yanada mas’uliyat va fidoyilik bilan mehnat qilishga undashini ta’kidladilar.

Taqdirlash marosimi inson qadri ulug‘lanayotgan, fidokorona mehnat va munosib xizmat davlatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 7