Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tumanning “Baymurzayev” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi I.Imomaliyevning faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlarning ijtimoiy holati, ta’lim olayotgan, ishlayotgan, ishsiz yoki turli sabablarga ko‘ra band bo‘lmagan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Xususan, yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi yoshlarning muammolarini xonadonbay o‘rganish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ta’lim, kasb-hunar, sport, madaniyat va tadbirkorlik yo‘nalishlariga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Yoshlarni sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, kitobxonlik, turli to‘garaklar va jamoat ishlariga keng jalb etish orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirish zarurligi qayd etildi.

🔺Shuningdek, mahalladagi yoshlar bilan ochiq muloqotlarni ko‘paytirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar uchun mavjud davlat dasturlari va imkoniyatlari haqida tushuntirish ishlarini muntazam olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2