Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Og‘ir mahalla”da amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

🔺O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarorida belgilangan vazifalarga asosan “og‘ir mahalla” deb e’tirof etilgan tumanning “Baymurzayev” mahallasida amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Axmedovga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri J.Sadirov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bir qator amaliy ishlar bajarilgani qayd etildi. Xususan, mahallaning ichki yo‘llarini ta’mirlash va transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 4,5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlangan. Deputat tomonidan bajarilgan ishlar sifati va yo‘l qoplamasining holati ham ko‘zdan kechirildi.

🔺Shuningdek, mahallada aholi xavfsizligini ta’minlash va ko‘chalarni kechki vaqtda yoritish maqsadida 40 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgani aniqlandi. Mazkur yoritish vositalari mahalla ko‘chalarida tungi vaqtda piyodalar va transport vositalari harakati uchun qulay sharoit yaratish, hudud obodligini ta’minlash hamda jamoat xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

🔺Ayni paytda mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham davom etmoqda. Xususan, elektr tarmoqlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlarni sifatli bajarish, kabellarni belgilangan texnik talablar asosida o‘rnatish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 6