Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Xotin-qizlar — jamiyat ma’naviy muhiti barqarorligining muhim tayanchi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R. Bozorova tashabbusi bilan “Oqtepa” mahallasida “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
✔️Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini yanada oshirish, ularning huquqiy va siyosiy bilimlarini yuksaltirish, oila va mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️Seminar davomida xotin-qizlarni siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishga keng jalb qilish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
✔️Shuningdek, imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanib, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan, kasb-hunar o‘rganib, daromad manbaiga ega bo‘lgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlarning ibratli tajribalari e’tirof etildi.
✔️Tadbirda ta’kidlanganidek, xotin-qizlarning iqtisodiy mustaqilligi, siyosiy va ijtimoiy faolligi qanchalik yuqori bo‘lsa, oila va mahalladagi barqarorlik, farovonlik va sog‘lom ma’naviy muhit ham shunchalik mustahkam bo‘ladi.
✔️Bunday seminar-treninglar xotin-qizlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2