Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
YANGI O‘ZBEKISTON KELAJAGI — SHIJOATLI YOSHLAR QO‘LIDA!

Aziz va qadrli tumandoshlar, hurmatli yoshlar!

Avvalambor, barchangizni eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shonli to‘yi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mustaqillik — bu bizning eng katta boyligimiz, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Oxirgi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, yoshlar siyosati sohasidagi tub burilishlar har bir xonadonga, har bir yoshning hayotiga yangicha shijoat va ishonch olib kirdi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda o‘z tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Yoshlar daftari, turli grantlar, innovasion loyihalar va rag‘batlantirish tizimlari orqali ming-minglab o‘g‘il-qizlarimiz o‘z orzulari tomon dadil qadam tashlamoqda. Jondor tumanida ham shijoatli va intiluvchan yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari ko‘nglimizni faxrga to‘ldiradi. Sizlarning bilimga bo‘lgan intilishingiz, mehnatsevarligingiz va intiluvchanligingiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam kelajagidir!

Qadrli vatandoshlar!

Ushbu qutlug‘ ayyom arafasida barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadoningizga qut-baraka, tinchlik va omonlik tilayman. Yoshlarimizning yuzidagi tabassum, ko‘zidagi shijoat va yuragidagi Vatanga bo‘lgan muhabbati hech qachon so‘nmasin!

Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!