Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Hokim yordamchisi faoliyati deputatlar nazoratida



Mahallalarda aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar mahalliy Kengash deputatlari tomonidan muntazam ravishda nazorat-tahlil qilinmoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 6-“Alpomish” saylov okrugi deputati A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Alpomish” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jumladan, 4-ustuvor yo‘nalish doirasida hokim yordamchisining faoliyati, uning tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlari tahlil qilindi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-son Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqilib, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida aholi bilan individual ishlash, xonadonbay o‘rganish natijasida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, tadbirkorlikka qiziqishi mavjud fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, hokim yordamchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.