Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “8-G‘alaba” saylov okrugidan saylangan deputati Melikov Hojiakbar Qurbonovich va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida “Do‘stlik” mahallasi fuqarolari bilan ochiq muloqot va davra suhbati tashkil etildi. Unda hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-bandi ijrosi doirasida aholining tabiiy gaz ta’minoti, bozorlardagi narx-navolar va ularning holati yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.
Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan kommunal sohaga oid qator murojaatlar, jumladan, Jiydalisoy va Buyuk Temur ko‘chalarini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha taklif va muammolar bildirildi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda ularni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish belgilandi.
Fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash va muammolarning yechimini topish maqsadida deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Uchrashuv yakunida aholi bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda davom ettirish, saylovchilarning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy choralarni kuchaytirishga kelishib olindi.
Slide 1 of 3