Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi

Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish, deputatlarning hududdagi faoliyatini tahlil qilish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 7-Chinor saylov okrugidan saylangan deputat U.Jumayevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida mahalla raisi tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning ta’mirga ehtiyoji, ayrim ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati hamda elektr energiyasi ta’minotida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolar yechimini nazoratga olish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida deputat va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 2