Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Mustaqillikning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Aziz va muhtaram “Beshyog‘och” hamda "Katta Olmazor"mahallasi aholisi, qadrli mahalladoshlar!

Sizlarni, sizlar orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — biz uchun milliy o‘zligimizni anglash, erkin va farovon hayot kechirish, Vatanimiz kelajagini o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan buyuk ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida jonajon O‘zbekistonimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun yurtimizda, xususan, Chilonzor tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, mahallalar infratuzilmasining rivojlantirilishi, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotgani buning yorqin ifodasidir.
Bu ulkan yutuqlar zamirida, avvalo, siz kabi fidokor, mehnatsevar va jonkuyar yurtdoshlarimizning munosib hissasi bor. Mahallamiz tinchligi va ahilligini asrash, hududimiz obodligini ta’minlash, mavjud muammolarni hal etish hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi sa’y-harakatlaringizni yuksak qadrlayman.
Deputat sifatida sizlarning murojaat va takliflaringizni tinglash, mahallamizdagi dolzarb masalalarni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish, ularning yechimi va ijrosini nazorat qilishni o‘z faoliyatimning muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilaman. Ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz bilan Beshyog‘och mahallasini yanada obod, fayzli va yashash uchun qulay maskanga aylantirish yo‘lida birgalikda sa’y-harakat qilishda davom etamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Har bir oilada mehr-oqibat, har bir xonadonda quvonch va farovonlik hukm sursin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati
M. Fayzullayeva

Slide 1 of 1