Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputat so‘roviga javob

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 67-ds-413-26-sonli deputat so‘rovi asosida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan javob taqdim etildi.
Javobda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lum qilindi.
Xususan, 2026–2027-yillarda shahar va tumanlarda respublika budjetidan 1 trillion so‘m mablag‘ ajratish hisobiga ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash hamda uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi doirasida “3-Charx Kamolon” MFY hududida 2 dona bolalar maydonchasini qurish rejalashtirilgani bildirildi.
Mazkur loyiha hududdagi bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz dam olish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish sharoitlarini yaratishga, shuningdek, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Deputat so‘rovi — aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish va ularning ijrosini nazorat qilishning muhim vositasidir.