Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Parkent tuman bo‘limida o‘rganish olib borildi.O‘rganish davomida deputat tomonidan maxsus savolnoma asosida qonun ijrosiga oid qator savollar berildi. Jumladan,tuman hududida fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqodga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda,diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha qanday profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda,diniy ta’limni qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi va noqonuniy diniy ta’lim holatlarining oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda,diniy mazmundagi adabiyotlar va boshqa materiallarning qonunchilik talablariga muvofiq tarqatilishi ustidan qanday nazorat ishlari olib borilmoqda,diniy tashkilotlar faoliyatida qonun talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qanday profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.Mazkur savollarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Parkent tuman bo‘limi bosh mutaxassisi F.Turg‘unboyev tomonidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarim yilligida tuman hududida 22 ta mahallada “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuvlar o‘tkazilib, 600 nafarga yaqin fuqaro qamrab olingan.Shuningdek, ta’lim muassasalarida yoshlar va ota-onalar ishtirokida 800 nafardan ortiq fuqaroni qamrab olgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan.Bundan tashqari, diniy ta’limni qonuniy tartibda tashkil etish,diniy mazmundagi adabiyotlar savdosi, noqonuniy diniy ta’lim va turli yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish yuzasidan ham profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgani ma’lum qilindi.O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, fuqarolarning vijdon erkinligi va qonuniy huquqlarini ta’minlash, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 6