Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA KO‘CHALARDAGI HOLAT O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati S.Tillaboev tomonidan o‘z saylov okrugiga qarashli 8-Navbahor saylov okrugi hududidagi “Navbahor” mahalla fuqarolari yig‘iniga qarashli Mevazor va Shifokor ko‘chalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlarda deputat S.Tillaboev, tegishli tashkilotlar - tuman Kadastr palatasi rahbari A.Jaloliddinov, tuman Arxitektura bo‘limi rahbari F.Sotvoldiyev, mahalla fuqarolari yig‘ini raisi D.Turg‘unova hamda ko‘cha boshilari ishtirok etdilar.

Mazkur o‘rganishlar ushbu ko‘chalarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan deputatga og‘zaki ravishda yo‘llangan ko‘plab murojaatlar asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida ayrim xonadon egalari tomonidan o‘z uy-joylarining orqa qismidagi hududlarni tegishli tartibda rasmiylashtirmasdan va ruxsatsiz ravishda o‘rab olganligi holatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur holatlar natijasida mahalla hududidan o‘tuvchi yo‘lning ayrim qismlari torayib, aholining harakatlanishiga noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan fuqarolarga amaldagi tartib-qoidalar tushuntirilib, ruxsatsiz egallangan va o‘rab olingan hududlar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirishlar berildi.

Shuningdek, ko‘chalarning mavjud holatini yaxshilash, yo‘lning belgilangan hududini saqlab qolish hamda kelgusida bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Aniqlangan holatlar va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olindi. O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1