Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov tomonidan “Isfara guzari” MFYda hokim yordamchisi D.Sherquziyevning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholini tadbirkorlikka jalb etish, yangi biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Jumladan, fuqaro G.Azizovaga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va nonvoyxona tashkil etish uchun 10 million so‘m miqdorida kredit ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda fuqaro G.Azizova tomonidan o‘z tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalla hududidagi bo‘sh turgan nonvoyxona binosidan foydalanib, faoliyatini davom ettirmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholiga talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni yetkazib berish hamda yangi daromad manbasini shakllantirishga erishilmoqda.

O‘rganish davomida tadbirkorning faoliyatini rivojlantirishda hokim yordamchisi D.Sherquziyev tomonidan zaruriy ko‘mak va amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinayotgani ham qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3