Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Tadbirkorlik faoliyati va uni kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan “Isfara guzari” MFYda hokim yordamchisi D.Sherquziyevning faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilgan kredit mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Jumladan, fuqaro A.Abdullayevga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va fasad bezaklari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi kunda fuqaro A.Abdullayev tomonidan “Isfara guzari” mahallasi hududidagi sobiq Non kombinati hududida o‘z tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, fasad bezaklari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgani o‘rganildi.

Tadbirkor bilan o‘tkazilgan suhbat davomida uning faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda kelgusida yangi imkoniyatlarni yaratish maqsadida 10 sotix yer maydoniga ehtiyoj borligi ma’lum qilindi.

Mazkur masala yuzasidan tadbirkorga yer maydonini qonunchilikda belgilangan tartibda “E-auksion” platformasi orqali sotib olish, shuningdek, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib davlat mulki obyektlarini ijara asosida olish mumkinligi haqida tegishli tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4