Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ziynat MFYda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ishlari o‘rganildi

O‘rganish davomida mahallada hokim yordamchisi Q.Nishonqulov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, ishsiz va bandligi ta’minlanmagan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, kam daromadli oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va oilalarni barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish hamda aholining daromadlarini oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning doimiy daromad manbalarini yaratish hamda hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar belgilandi.

Slide 1 of 1