Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ziynat MFYda yoshlar bilan ishlash va ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahallada yoshlar uchun ta’lim olish, kasb-hunar egallash, sport bilan shug‘ullanish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Yoshlarning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, ularni turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlariga jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Bundan tashqari, ishsiz va bandligi ta’minlanmagan yoshlarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar bandligini ta’minlash, mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanishni ta’minlash hamda ular bilan tizimli ishlashni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar belgilandi.

Slide 1 of 1