Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Yong‘in xavfsizligi masalasi — doimiy komissiya nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining yig‘ilishida yong‘in xavfsizligi talablarining tumandagi tashkilot va muassasalarda ijro etilishi masalasi muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” talablari asosida tumandagi obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash holatini o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, obyektlarda:
🔹 yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul shaxslar faoliyati;
🔹 yong‘in signalizatsiyasi va avtomatik yong‘in o‘chirish tizimlarining holati;
🔹 o‘t o‘chirgich va boshqa birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bilan ta’minlanganlik;
🔹 evakuatsiya yo‘llari va evakuatsiya rejalarining mavjudligi;
🔹 elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish;
🔹 yong‘inga qarshi suv ta’minoti holati;
🔹 avval aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi
kabi masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1