Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Fuqaro murojaati tinglanib, amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan fuqaro qabuli o‘tkazilib, murojaati tinglandi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini, A.T.Xuqandiy mavzesi 45-uy, 34-xonadonda yashovchi fuqaro Abidova Regina Tulkinovna o‘zining ijtimoiy holati yuzasidan murojaat qildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaroning 1 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, boquvchisini yo‘qotgani hamda oilaning ijtimoiy holati murakkab ekani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, fuqaroning onasi — 1968-yilda tug‘ilgan Qulaxmedova Yelena uzoq yillardan buyon salomatligi bilan bog‘liq muammolar sababli doimiy parvarish va e’tiborga muhtojligi, mazkur holatlar oilaning ijtimoiy ahvoliga ham ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Murojaat davomida fuqaroga mavjud holatdan kelib chiqib huquqiy va psixologik ko‘mak zarurligi aniqlandi.

Mazkur murojaat A.Nosirov tomonidan e’tiborga olinib, fuqaroning holatini yanada chuqur o‘rganish hamda unga tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3