Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#Deputat faoilayati

HUDUDLARDA DEPUTAT NAZORATI: Aholi yashash sharoitlari va BSK faoliyati o'rganilmoqda

Xalq deputatlari shahar Kengashi 18-Taraqqiyot saylov okrugi deputati A.Tursunboev hamda mahalla raisilari bilan birgalikda Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig'inida hudud infratuzilmasi va aholi yashash sharoitlari o'rganildi.

O'rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹Ko'p qavatli uylar va ularning kirish yo'laklaridagi (pod'yezdlar) sanitariya va texnik holat;
🔹Ichki ko'chalar holati hamda hududning obodonlashtirish darajasi;
🔹Ko'p qavatli uylardagi liftlarning texnik sozligi va xavfsizlik talablariga javob berishi;
🔹Hududga xizmat ko'rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyatining samaradorligi.

Xususan, "Mustaqilligimizning 35 yilligi" dahasidagi ko'p qavatli uylarning bugungi kundagi holati mahalla raisi va soha mas'ullari ishtirokida batafsil ko'zdan kechirildi.
Natija va nazorat
O'rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va mavjud muammolar deputatning maxsus muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritildi. Ushbu kamchiliklarni o'z vaqtida va sifatli bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berilib, ijrosi qat'iy deputat nazoratiga olindi.

Ta'kidlash joizki, xalq vakillari tomonidan joylarda olib borilayotgan bu kabi tizimli o'rganishlar va nazorat tadbirlari natijasida ko'plab hududlarda muammolar o'z yechimini topib, xalqimizning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 2