Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Boysunda bayram yarmarkasi: arzon va sifatli mahsulotlar!

Boysunda bayram yarmarkasi: arzon va sifatli mahsulotlar!

✅ Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun dehqon (oziq-ovqat) bozorida aholi uchun keng turdagi mahsulotlarni qulay narxlarda xarid qilish imkonini beruvchi bayram yarmarkasi tashkil etildi.

✅ Bugun tuman hokimi B. Shukurov, tuman prokurori U. Begmatova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Qodirov ishtirokida yarmarkadagi savdo jarayonlari, mahsulotlar sifati va narxlarning aholi uchun qulayligi o‘rganildi.

🛒 Yarmarkada kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa turdagi mahsulotlar savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Aholiga sifatli mahsulotlarni hamyonbop va maqbul narxlarda taklif etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔎 O‘rganish davomida savdo rastalaridagi mahsulotlarning sifati, narx-navoning barqarorligi, sanitariya talablariga rioya etilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Bayram yarmarkasi aholining xarid ehtiyojlarini qondirish, bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash, sifatli mahsulotlar ta’minotini yaxshilash hamda Mustaqillik bayrami arafasida fuqarolarga qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 9