Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
YER UCHASTKASIDAN FOYDALANISH MUDDATINI UZAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI

 YER UCHASTKASIDAN FOYDALANISH MUDDATINI UZAYTIRISH MASALASI O‘RGANILDI


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda “MADAD” muassasasi shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Malika Eliboeva tomonidan 11-O‘zbekiston saylov okrugiga qarashli “O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgan Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmasi Navoiy shahar filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish davomida xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 29-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala, ya’ni Navoiy shahar hokimining 2016-yil 27-dekabrdagi Q-901/12-son qarori bilan N. Karomatovga ajratilgan yer uchastkasidan foydalanish muddatini uzaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.

📑 Mazkur masala yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganilib, yer uchastkasidan foydalanishning huquqiy asoslari, mavjud ma’lumotlar hamda belgilangan tartib va talablar asosida masalaga aniqlik kiritish ishlari amalga oshirildi.

🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlanib, masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga taqdim etish belgilandi.

Slide 1 of 7