Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

📝 Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitilib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

🏫 Sherobod tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Shafievning hisoboti tinglandi.

💰 Hisobot davomida mahalliy budjet daromadlarining ijrosi, ortiqcha tushumlarning shakllanishi hamda ushbu mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan savollar berilib, mablag‘larni aholi manfaatlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muhim vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

✅ Majlis yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4