Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputat targ‘ibot tadbirlarida

Farzandlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli, xavfsiz va foydali o‘tkazishi uchun mahallada yetarli sharoitlar yaratish – bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Axir, sog‘lom va barkamol avlod aynan shunday kichik, ammo muhim e’tibordan boshlanadi.
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab qizg‘in davom etayotgan "Tashabbusli budjet" jarayonlarida xalq deputati U. Aripova o‘z saylov okrugida ushbu muhim masalani ilgari surib, asosiy tashabbuskor sifatida qatnashmoqda. Deputat tomonidan mahallada targ‘ibot ishlari faol olib borilib, aholiga tushuntirish va ularni birlashishga chorlanmoqda.
Mahalla hududida bolajonlar uchun barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan, zamonaviy bolalar va sport maydonchalarini barpo etish. Bu orqali nafaqat farzandlarimizning jismoniy sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishiga erishamiz, balki ularni turli zararli odatlardan va ko‘chaning salbiy ta’siridan asrab qolamiz.
🤝 Aziz “Yangi turmush” mahallasi aholisi, hurmatli ota-onalar! Bu tashabbus o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi, buning uchun har birimizning e’tiborimiz va ovozimiz muhim! Deputatimizning ezgu tashabbusini qo‘llab-quvvatlaylik va mahallamiz bolalari uchun munosib sharoit yaratishga o‘z hissamizni qo‘shaylik.
Birgalikda biz mahallamizni yanada obod, farzandlarimiz hayotini esa yanada yorqin qila olamiz!

📲 Loyihaga ovoz berish uchun havola: https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/55/91beebf4-696f-45da-95c1-9735514b2a4f

new.openbudget.uz
Open Budget
O'zbekiston Respublikasining davlat moliyaviy axborotlarini ochiq va tushunarli tarzda kuzating. Open Budget - Davlat budjeti haqida oshkora ma'lumotlar.

🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati

👀Bizni kuzatishni davom eting! 👇👇👇