Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Hamkorlik — samarali faoliyat garovi

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov, Kengash deputatlari hamda Sherobod tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Aminova ishtirokida o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👩‍💼 Uchrashuv davomida deputatlar va Oila va xotin-qizlar bo‘limi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

🏘 Shuningdek, hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va muammoli masalalarni o‘rganishda deputatlarning faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

💬 Muloqot davomida mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hamkorlikda bartaraf etish hamda aholining, xususan, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.

✅ Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni hamkorlikda amalga oshirish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.

🌿 Hamjihatlik va samarali hamkorlik — aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4