Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati

Yangihayot tumani MvaMTB tasarrufidagi 45-sonli DMTT bolajonlar uchun zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi

Yangihayot tumanidagi 45-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Tashabbusli byudjet" loyihasining 1-mavsumi g'olibligi doirasida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Loyiha asosida jami 823 million so‘mlik ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, muassasa bolajonlarimiz uchun har tomonlama qulay, zamonaviy va xavfsiz holatga keltirildi. E'tiborli jihati shundaki, ushbu yangilangan maskan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda mazkur tashkilot tashkil topganining 50 yillik yubileyi arafasida bolajonlar va xodimlar uchun o‘ziga xos munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Nishanbekova Umida Abdujabborovna, "Viqor" mahallasining yettiligi hamda muassasa tarbiyalanuvchilarining ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida "Tashabbusli byudjet" jarayonida jonbozlik ko'rsatib, faol ishtirok etgan ota-onalarning samimiy fikr va minnatdorchiliklari tinglandi. Yig‘ilganlar tashkilotning bugungi zamonaviy holatidan, yaratilgan shart-sharoitlardan juda mamnun ekanliklarini alohida ta'kidlab o'tdilar.

Farzandlarimizning kelajagi va ta'lim-tarbiyasi yo'lidagi bu kabi xayrli ishlar bardavom bo'lsin!

🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati

👀Bizni kuzatishni davom eting! 👇👇👇

Slide 1 of 6