Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
"Namuna" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar manzilliligini ta’minlash hamda Kengash sessiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova biriktirilgan “Namuna” mahallasida bo‘lib, shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordi.

Mazkur nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” bo‘yicha tashkil etildi.

Ijtimoiy xodim faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida "Namuna" mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga amaliy ko‘mak berish borasida bajarilgan ishlar tahlil qilindi:

Maktab formasiga vaucherlar: Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 nafar o‘quvchiga jami 2,060 mln so‘mlik maktab formasi uchun vaucherlar ajratilgan;

Oziq-ovqat ko‘magi: Kam ta’minlangan 3 ta oilaga jami 412 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari uchun manzilli yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida mahalla mas’ullariga ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, "Ijtimoiy reyestr"dagi hamda haqiqiy ehtiyojmand xonadonlarni doimiy e’tiborda tutish va ajratilayotgan ko‘maklarning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha deputatlik tavsiyalari berildi.