Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganildi

Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qurbonov Farxod Absalomovich, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi rahbari Hamroyev Jo‘rabek Jamoliddinovich hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova Navoiy shahridagi 32-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasadagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ajratilgan xonasi ko‘zdan kechirildi. Xonada mavjud oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sabzavotlarning saqlanish holati hamda ularni joylashtirish sharoitlariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahsulotlarni belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlash, yaroqlilik muddatlariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri joylashtirish va ularning sifatini muntazam nazorat qilib borish masalalari yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bolalar salomatligi — doimo e’tiborda!
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish hamda ularni saqlash sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6