Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
GO‘ZAL MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

 GO‘ZAL MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov
tomonidan Go‘zal mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan bevosita muloqot
qilish, hududdagi mavjud holatni o‘rganish hamda fuqarolarni qiynayotgan
masalalarga yechim topish maqsadida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida mahalladagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish
ishlari, ichki yo‘llar, infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda aholi uchun
yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
 

Fuqarolar bilan muloqot davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib,
mavjud muammolarni joyida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
 

Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni
rivojlantirish va hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib
chiqildi.
 

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni manzilli va tizimli bartaraf
etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli
topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
  

Slide 1 of 4